“Barselona”ning 16 yoshli a’zosi Ispaniya superkubogi tarixiga kirdi
Sport
−
12 Yanvar 2024 4729 1 daqiqa
“Barselona” a’zosi Lamin Yamal Ispaniya Superkubogi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.
Yamal 16 yosh-u 182 kunligida turnir yarim finalida “Osasuna”ga qarshi o‘yinda (2:0) gol urdi.
Futbolchi bu borada Gavining rekordini yangiladi. Gavi 18 yosh-u 163 kunligida mazkur musobaqada gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ta’kidlash joiz, Yamal La Liga, Ispaniya terma jamoasi va Yevropa chempionati saralash bosqichida eng yosh gol muallifi hisoblanadi.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr