“Barselona” qozog‘istonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Sport
−
17 iyul 10664 1 daqiqa
15 yoshli qozog‘istonlik futbolchi Karim Mendikanov Ispaniyaning “Barselona” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Karim Mendikanov faoliyatini klubning mashhur “La Masiya” akademiyasida davom ettiradi.
“Hayotimdagi orzum bo‘lgan klub bilan shartnoma imzolaganimdan juda faxrlanaman”, deb yozdi Mendikanov.
Karim Mendikanov futbolchilik faoliyatini Qozog‘istonning “Astana Junior” klubida boshlagan. U 2021 yilda Arystan Cup turnirining eng yaxshi hujumchisi deb topilgan.
2022 yilda u Ispaniyaga ko‘chib o‘tib, mahalliy “Serdanola” va “Sant-Kugat” klublarining U-15 jamoalari safida to‘p surdi.
Joriy yilning aprel oyida Mendikanov yangi mavsumdan boshlab “Barselona”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi esa u rasman kataloniyaliklar bilan shartnoma imzoladi va “Barselona” tarixida shartnoma tuzgan ilk qozog‘istonlik futbolchiga aylandi.
Live
Barchasi