Ayrim dorixonalar narxni 6 baravargacha oshirgani aniqlandi
3-sahifa
−
14:08 1311 3 daqiqa
O‘zbekistondagi ayrim dorixonalarda dori vositalari belgilangan narxdan 6 barobargacha qimmat sotilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “sirli mijoz” tadbirlarida ayrim dori vositalari belgilangan narxdan 6 barobargacha qimmat sotilgani ma’lum bo‘lgan.
Jumladan:
- “SHUNQORLAR” MCHJga qarashli dorixonada:
- “POLIMIK® blisteri №10(1x10)” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 so‘m bo‘lsa-da, 5,5 barobar qimmatga ya’ni, 70 000 so‘mdan taklif etilayotganligi;
- “KONVULEKS® Kapli dlya priyema vnutr 300mg/ml” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 66 481 so‘m bo‘lsa-da, 6 barobar qimmatga ya’ni, 395 000 so‘mdan taklif etilayotganligi aniqlangan.
“MUNO FARM” MCHJga qarashli (Qoraqamish 2/5-mavzesi) dorixonada:
- “STIMULOTON Tabletki pokritiye obolochkoy 50mg blisteri№30(3x10)” dori vositasi narxi so‘ralganida sotish uchun ruxsat etilgan narxi 50 666,17 so‘m bo‘lsa-da, 6 barobar qimmatga ya’ni, 295 000 so‘mdan taklif etilayotgani aniqlangan.
“CITY FARM” MCHJga qarashli dorixonalarda:
- “BAKTAMED 3.5ml ampuli” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 18 849,43 so‘m bo‘lsa-da, 3,3 barobar qimmatga ya’ni, 63 000 so‘mga sotilgani;
- “NO-SHPA® 40 mg/2 ml ampuli №25” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxdan qimmatga sotilgani ma’lum bo‘lgan.
“HOSIL FARM” MCHJga qarashli dorixonada:
- “Lantus® SOLOSTAR® 100 YeD/ml 3ml №5(1x5)” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan 20 foiz ustama qo‘yilgandagi narxi 115 173,3 so‘m bo‘lsa-da, 80 foiz ustama qo‘yilib, 190 000 so‘mga;
- “SLIDERON Tabletki 16 blisteri №20(2x10)” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 115 677,1 so‘m bo‘lsa-da, 3 barobar qimmatga ya’ni, 349 000 so‘mga sotilgan.
“AMIR FARM TRADE” MCHJga karashli dorixonada “BAKTAMED 0,5% 3.5ml ampuli” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 18 849,43 so‘m bo‘lsa-da, 20 foiz o‘rniga 100 foiz ustama qo‘yilib, 32 000 so‘mga sotilgan.
“FERUZA NUR MED” MCHJga karashli dorixonada “POLIMIK® blisteri №10(1x10)” dori vositasini sotish uchun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 so‘m bo‘lsa-da, narxdan 5 barobar qimmatga ya’ni, 62 000 so‘mga sotilgan.
“LEADER PHARMGROUP” XK, “PHARM S GOLDEN” MCHJ va “RUSLAN BUYUK FARM” MCHJga qarashli dorixonalarda “NO-SHPA® 40 mg/2 ml ampuli №25” dori vositasi ham belgilangan narxdan yuqori narxda sotilgani aniqlangan.
Yuqorida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan belgilangan tartibda ko‘rsatma berilib, litsenziya talablari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish uchun tegishliligi bo‘yicha vakolatli organga so‘rov yuborilgan.
“Raqobat qo‘mitasi farmatsevtika sohasida dori vositalari narxlari ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida “sirli mijoz” tadbirlarini belgilangan tartibda tizimli ravishda davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida noqonuniy dori vositalarini saqlash, tayyorlash va sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlangani haqida xabar berilgan edi.