Apple ilk bor sensor ekranli MacBook Pro’ni taqdim etdi

Texnologiya

−

image

Apple kompaniyasi tarixda ilk bor sensorli ekran bilan jihozlangan MacBook Pro noutbuklarini namoyiş etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Kompaniya rahbari Jon Ternus keça, 28 oktyabr kuni Los-Anjelesda bölib ötgan tadbirda yangi noutbuklarni taqdim etgan. Qurilmalar OLED displey bilan jihozlangan bölib, ekran tasvirning tiniqligi, yorqinligi va kontrastini ta’minlaydi. Şuningdek, Apple noutbuklarning orqa qismida yorişib turadigan logotipni qaytarişini ma’lum qilgan.

Apple rahbarlari avvalroq MacBook’larda sensorli ekran böliş ğoyasiga qarşi çiqqan. Kompaniya asosçisi Stiv Jobs 2010 yilda bunday ekranlarni noutbuklarda işlatiş ergonomik jihatdan noqulay ekanini aytgan. Biroq sensorli ekranlar Windows operatsion tizimida işlaydigan noutbuklarda ön yildan ortiq vaqtdan beri qöllanib kelinmoqda.

Yangi MacBook Pro sensorli boşqaruv orqali foydalanuvçilarga ekran bilan bevosita işlaş imkonini beradi. Bu, ayniqsa, kontent yaratuvçilar, dizaynerlar va fotograflar uçun qulay bölişi kutilmoqda.

14 dyuymli, M5 Pro çipi bilan jihozlangan modelning boşlanğiç narxi 2 899 dollarni taşkil etadi. M5 Max çipli 16 dyuymli model esa 4 799 dollardan sotuvga çiqariladi.

Yangi noutbuklarga buyurtmalar 28 oktyabrdan qabul qilina boşlagan. Qurilmalar savdosi 6 noyabr kuni boşlanişi rejalaştirilgan.

Apple OLED ekranlarda uçraşi mumkin bölgan tasvir izlarining doimiy saqlanib qolişi muammosini kamaytiriş uçun qurilma korpusini ham qayta işlab çiqqan. Yangi tizim issiq havoni displeydan uzoqroqqa yönaltirişga xizmat qiladi. Şuningdek, M5 çiplarining hisoblaş imkoniyatlaridan ekran tasvirini yangilab turişda foydalaniladi.

'2025 yilda dunyo böylab 33,4 million dona sensorli ekranli noutbuk yetkazib berilgan. Bu bir yil avvalgiga nisbatan 22 foizga köp. Bunday qurilmalar jami noutbuklar yetkazib berilişining 16 foizini taşkil etgan. Ularning örtaça sotuv narxi esa 1 009 dollar atrofida bölgan.

Apple yangi qurilmalari bilan sensorli noutbuklar bozorida Lenovo, HP va Dell kabi raqobatçilarga qarşi turişi kerak. Uşbu kompaniyalar sensorli ekranli noutbuklarni Apple’ning yangi modellariga nisbatan arzonroq narxlarda taklif qilmoqda.

Tahlillarga köra, yangi MacBook Pro, ayniqsa, yuqori sifatli ekran va sensorli boşqaruvdan foydalanadigan ijodkorlar uçun möljallangan. Biroq qurilmalarning yuqori narxi ularning keng omma orasida qançalik ommalaşişiga ta’sir qilişi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar