2026 yil tarixdagi ikkinçi eng issiq yil bölişi mumkin

Bu qiziq

−

image

2026 yil meteokuzatuvlar tarixidagi ikkinçi eng issiq yilga aylanişi mumkin. Bunday prognozni Yevropaning “Copernicus” iqlim özgarişlarini kuzatiş xizmati e’lon qildi.

Mutaxassislarning baholaşiça, 2026 yil örtaça global harorat böyiça ikkinçi örinni egallaş ehtimoli taxminan 80 foizni taşkil etadi. Şu bilan birga, u 2024 yilgi harorat rekordini takrorlaşi yoki undan özib ketişi böyiça 20 foizlik ehtimol saqlanib qolmoqda.

Prognozga köra, butun 2026 yil uçun örtaça global harorat 1850–1900 yillardagi sanoatgaça bölgan darajadan 1,56–1,61 daraja Selsiyga yuqori böladi. 1,5 darajali körsatkiçdan ortib ketiş ehtimoli 99 foizdan köproqqa baholanmoqda.

Agar prognoz öz tasdiğini topsa, 2026 yil örtaça global harorat sanoatgaça bölgan darajadan 1,5 darajaga oşadigan 2024 yildan keyingi ikkinçi kalendar yil böladi.

Bundan taşqari, mutaxassislar 2023 yildan 2026 yilgaça bölgan tört yillik davrdagi örtaça global harorat ham körsatilgan körsatkiçdan ortib ketişini prognoz qilmoqda.

Ma’lumot uçun, iqlim böyiça Parij bitimi uzoq muddatli global isişni 1,5 darajagaça çeklaş böyiça sa’y-harakatlarni nazarda tutadi. Şu bilan birga, alohida olingan kalendar yilda uşbu çegaradan ortib ketiş hali bitimning uzoq muddatli maqsadi uzil-kesil buzilganini anglatmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yerning isişi sayyoradagi ikkita yirik muz qoplamining erişini tezlaştirayotgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Grenlandiya va Antarktidada 1979 yildan buyon 12,5 trillion tonna muz erib ketgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing