Habib Nurmagomedovga MMA’ga qaytiş uçun 200 million dollar taklif qilindi
Sport
−
10:36 365 2 daqiqa
UFC sobiq çempioni, mağlubiyatsiz rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovga (29–0) MMA’ga qaytiş uçun amerikalik bloger va boksçi Jeyk Polning 200 million dollar takliq qildi. Bu haqda “Championship Rounds” naşri xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 38 yoşli Nurmagomedov va uni MMA’ga qaytişga köndirişga uringan Jeyk Pol örtasidagi suhbat videosi tarqaldi. Amerikalik jangçi rossiyalikka PFL bilan hamkorlik qilayotgan Most Valuable Promotions (MVP) promouterlik kompaniyasi ostida jang qilişni taklif etdi.
“Qaçon qaytasiz? 200 million dollar evaziga-çi?” deb söradi Pol.
“Nega qaytişim kerak? Menda isbotlaşim kerak bölgan heç narsa qolmagan. Raqibim yöq, faqat pul bor. Pul esa men uçun motivatsiya emas”, deya javob berdi Nurmagomedov.
Şundan söng Pol rossiyalikni uning qaytişi MMA sanoatida katta özgarişlarga sabab bölişi va yangi promouşen rivojiga yordam berişi mumkinligiga işontirişga urindi. Biroq Nurmagomedov öz qarorini özgartirmadi.
Ma’lumot uçun, Habib Nurmagomedov 2020 yil oktyabr oyida Abu-Dabida ötkazilgan UFC 254 turnirida amerikalik Jastin Getjini mağlub etganidan söng faoliyatini yakunlagan. U raqibini ikkinçi raundda böğiş usuli bilan taslim etgan va professional faoliyatini 29 ta ğalaba bilan mağlubiyatsiz yakunlagan.
Hozirda rossiyalik murabbiylik bilan şuğullanadi. U UFC çempioni Islom Maxaçev va PFL çempioni Usmon Nurmagomedov kabi jangçilarning tayyorgarlik jarayonida iştirok etadi.
Live
Barchasi