Ziroat Mirziyoyeva “Inson uchun” festivaliga bordi (video)
3-sahifa
−
13 may 4251 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy “Inson uchun” festivaliga tashrif buyurdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva ijtimoiy loyihalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, shuningdek yoshlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari bilan tanishgan.
Festival ijtimoiy himoya, inklyuziv bandlik va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ziroat Mirziyoyeva va mamlakatga tashrif bilan kelgan Malayziya qirolichasi Raja Zarit Sofiyaning uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Live
Barchasi