Jurnalist Ruxsora G‘afurovaga nisbatan hozirgacha ma’muriy ish qo‘zg‘atilmagan – advokat

Jamiyat

image

Avvalroq, Jizzax viloyatidagi bank xodimasining firibgarligi yuzasidan material tayyorlagan MY5 telekanali muxbiri Ruxsora G‘afurovaga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Aslida esa hozirgacha jurnalistga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilmagan. Bu haqda Ruxsora G‘afurovaning advokati Amrulla Ahmedov ma’lum qildi.

Uning yozishicha, 2025 yil 23 yanvar kuni Ruxsora G‘afurova advokati ishtirokida Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMBga holat yuzasidan tushuntirish bergan.

"O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 322-moddasi 3-bandiga ko‘ra Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari sifatida ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar ham asos bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Jinoyat belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi", deydi advokat.

Ahmedovga ko‘ra, hozirgi kunda Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar surishtiruv natijasidan keyingina, kelgusida MY5 telekanalining muxbiriga nisbatan uning harakatida biror-bir huquqbuzarlik sodir etgan-etmaganli belgilab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq inson huquqlari faoli, “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov bank xodimasining o‘zga shaxslar nomiga olingan kreditining bir qismini uning eri – Oliy sud sudyasi Sharofiddin Boliyev o‘z plastik kartasi orqali to‘lab kelganini, sudya bu qonunbuzarlikdan xabardor bo‘lganini yozgandi. Sudyalar oliy kengashi esa ushbu holat kengash huzuridagi Sudyalar odob komissiyasida o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ruxsora G'afurova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing