“Juda yomon natija”. Rossiyalik murabbiy O‘zbekiston MTJni tanqid qildi

Sport

image

Rossiyaning “Baltika” klubi bosh murabbiyi Andrey Talalayev O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokini kutilganidan ko‘ra yomonroq ekanini aytdi. Bu haqda u “Sport-Ekspress” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida ham bir necha og‘iz. Albatta, bu jamoa mundialda debyut qildi va undan katta natija kutilmagandi. Ammo uchta o‘yinda 2:11 hisobidagi to‘plar nisbati va birorta ham ochko to‘play olmagani, ayniqsa tarkibida Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodov kabi futbolchilar bo‘lgan jamoa uchun juda yomon natija. Bu murabbiy almashinuvining oqibati. Ular eskisidan voz kechishdi, ammo yangisini qura olishmadi”, deydi Talalayev.

Shuningdek, “Match TV” boshlovchisi va sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev ham O‘zbekiston milliy terma jamoasining debyut Jahon chempionatidagi ishtirokini baholadi.

“Birinchi qadam doim ham muvaffaqiyatli chiqmaydi. Jamoada yetakchi bo‘lishi kerak bo‘lgan futbolchilar bor edi, ammo ular, afsuski, yakkakurashlarda raqiblariga yutqazishdi. Individual mahorat jihatidan ham jamoa raqiblaridan ancha past edi. Balki maydonda fidoyilik yetishmagandir, ammo bor holat shu. Shunga qaramay, jamoaga o‘yini uchun rahmat aytish kerak”, deydi Guberniyev “Match TV” dasturidan birida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati “K” guruhining so‘nggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada terma jamoa mundialni 0 ochko bilan yakunladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing