JSTga yo‘l: Rossiya bilan deyarli kelishildi, faqat Tayvan qoldi
Jamiyat
−
25 noyabr 6662 2 daqiqa
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar deyarli yakunlandi. Oldinda esa faqat Tayvan bilan muloqot qilish turibdi. Bu haqda mamlakat Prezidentining JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, o‘tgan hafta Moskvada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar bo‘yicha Rossiya muzokara guruhi bilan kelishuvga erishish uchun samarali uchrashuv o‘tkazilgan.
“Muzokaralar endi deyarli yakunlandi: barcha asosiy elementlar kelishib olindi va faqat bir nechta texnik jihatlar yakuniy tekshirish va tasdiqlashni talab qiladi”, deydi Urunov.

U Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, Savdo muzokaralari departamenti direktori Yekaterina Mayorova, Rossiyaning JSTdagi doimiy vakili Nikolay Platonov va Rossiya jamoasiga asosiy so‘rovlar bo‘yicha aniqlik kiritgani, shuningdek, ushbu jarayon davomida konstruktiv ishtiroki va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.
“Biz ishimizni davom ettirar ekanmiz, men shu yil dekabr oyida Jenevada bo‘lib o‘tadigan Jahon savdo tashkiloti Bosh kengashi yig‘ilishida Rossiya tomoni bilan yakuniy natijaga erishishni intiqlik bilan kutyapman”, deydi Urunov.
U so‘zida davom etarkan, endi O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha qolgan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash uchun faqat Xitoy Taybeyi (Tayvan) bilan muloqot qilishi kerak.
Ayni vaqtda Aziz Urunov va uning jamoasi ikki tomonlama va JSTga oid hamkorlikni rivojlantirish uchun Vashingtonda bo‘lib turibdi.
Live
Barchasi