Joriy yilda O‘zbekiston Rossiyadan qanday qurollar sotib olgani aytildi
Olam
−
02 noyabr 2021 19453 1 daqiqa
Rossiya joriy yilda O‘zbekistonga harbiy mahsulotlar, jumladan, samolyotlar va raketa tizimlari yetkazib berdi. Shuningdek, Qozog‘istonga ham yuqoridagi texnikalar yetkazildi. Bu haqda Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev ma’lum qildi.
“Masalan, 2021 yilda Qozog‘iston va O‘zbekistonga Su-30SM samolyotlari, Mi-35M vertolyotlari, “Buk-M2E” zenit-raketa komplekslari, BTR-80 va BTR-82A zirhli transportyorlarini yetkazib berdik. Shuningdek, ushbu mamlakatlarga “Orlan-10Ye” ko‘p funksiyali komplekslari, “Tayfun-K” yengil zirhli avtomashinalari, o‘qotar qurollar yetkazib berildi”, degan Shugayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning harbiy-texnik hamkorligi pandemiya sharoitida rivojlanmoqda.
“2022 yil boshiga mo‘ljallangan shartnomalarni joriy yilda bajarish uchun ma’lum harakatlar qilindi. Shunday qilib, biz muvozanatni saqlab qoldik”, degan Shugayev.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust