Jizzaxda o‘simlik yog‘i ishlab chiqariladi

Jamiyat

image

Vengriya bilan Jizzax viloyatida o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida “KISS GROUP” (Vengriya) kompaniyalari guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda Jizzax viloyatini ilg‘or mintaqaga aylantirishni nazarda tutuvchi “Ilg‘or hudud” pilot loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Xususan, Vengriya bilan Jizzax viloyatida o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Mahsulot ham ichki bozorga, ham eksportga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, uchrashuvda mazkur zavodni qurish uchun hududni tanlash, zarur xomashyo yetishtirish uchun Jizzax viloyatida kungaboqar va boshqa moyli ekinlar, shuningdek, urug‘ yetishtirishni muvofiqlashtiruvchi tashkilotni tanlash yoki tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Bunda o‘simlik yog‘lari va mol yemi sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan urug‘lardan olingan qo‘shimcha mahsulotlarini sotish uchun qulay savdo nuqtalari, omborxonalar masalasiga e’tibor qaratildi.

Mazkur loyihalar O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi doirasida 2019 yil 5-6 mart kunlari Budapesht shahrida (Vengriya) imzolangan “Jizzax viloyatida o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish zavodi qurilishi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro Anglashuv memorandumining amaliy ifodasi sifatida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: “KISS GROUP” kompaniyalari guruhi oziq-ovqat sanoati va ichimliklar ishlab chiqarish, farmatsevtika va kimyo sanoati uchun texnologiyalarni o‘rnatish bo‘yicha umumiy pudratchilik qilishga ixtisoslashgan. Yigirma yillik tajribani hisobga olgan holda ekologik va kimyo sanoati uchun o‘z kompleks texnologiyalarini ham ishlab chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Vengriya

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing