Jizzaxda “elektroset” xodimi “marixuana” bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
23 mart 3614 1 daqiqa
Jizzax viloyatida elektr ta’minotiga mas’ul idora xodimi narkotik sotayotganda ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi, Jizzax viloyati Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Magistral elektr tarmoqlari Jizzax filiali xodimi, 1968 yilda tug‘ilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olingan.
U ikki dona gugurt qutisiga joylangan “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, u yashash xonadonida 70 dona gugurt qutisida bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan sudga oid kimyoviy ekspertiza tayinlangan. Fuqaro Jinoyat-protsessual kodeksining 221- va 224-moddalari tartibida qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxandaryo viloyatining Denov tumanida 150 ming AQSH dollari evaziga 8 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi