Jizzax va Navoiyda kuchli shamol uylarning tomini uchirib yubordi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yozning ilk kunida Respublikaning Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida 18-23 m/s tezlikda kuchli shamol esdi. Oqibatda ayrim aholi yashash xonadonlari va transport vositalariga zarar yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kuchli shamol oqibatida Jizzax shahri Olmazor mahallasida joylashgan 1-ko‘p qavatli uyning 300 kvadrat metr maydondagi tom qopamasi qulab tushgan. Hodisada shu uy oldida bo‘lgan Lacetti va Cobalt rusumli avtomobillarga texnik zarar yetgan. 

Bundan tashqari, Navoiy viloyati Uchquduq tumani “Yo‘lchilar” OFY, “Do‘stlik” MFY, “Aytim” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida ham shunday xolatlar kuzatilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Ushbu holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2 ta maxsus texnika va 16 nafar quqtaruvchi jalb etilgan. Ayni vaqtda voqea joyida zaruriy tadbirlar amalga oshirilib, ishlar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Jizzax

Baholaganlar

141

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing