Jezush Ronalduning Portugaliya terma jamoasiga chaqirilishi izohladi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush 41 yoshli “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduni Millatlar ligasi guruh bosqichi uchrashuvlari uchun terma jamoaga chaqirish qaroriga izoh berdi.

Murabbiydan terma jamoa sardoridan qanday rol kutayotgani va Jahon chempionatidagi kabi omadsiz natijalar uchun Ronaldu ayblanishining oldini qanday olish mumkinligi haqida so‘raldi.

“Uning o‘yini, boshqa barcha futbolchilar singari, shuningdek, o‘tmishi va yutuqlari muhim emas. Albatta, bularning barchasi hisobga olinadi, ammo uning hozirgi formasi o‘yinlar va mashg‘ulotlarda qabul qiladigan qarorlarimni belgilaydi. Tarkibda men avvaldan ishlagan 13 nafar futbolchi bor. Bu yordam beradi, chunki jamoa yangi bosqichni boshlamoqda va ushbu futbolchilar mening tanlovimda muhim rol o‘ynagan”, deydi Jezush.

Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush agar Ronalduning o‘yini o‘xshamasa u zaxira o‘rindig‘ida qolishini ma’lum qildi.

“Eng muhimi – uning o‘yini. O‘tmish muhim emas. Krishtianu ham boshqalar kabi futbolchi. Agar u yaxshi o‘ynasa, maydonga tushadi. Agar yaxshi o‘ynamasa, o‘ynamaydi. Ha, uning maqomi boshqacha – u besh marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Ammo bu mening qarorlarimga ta’sir qiladimi? Yo‘q”, deydi Jezush.

Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi sentyabr–oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasida Uels, Norvegiya (ikki marta) va Daniyaga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing