JCHdan keyin ikki o‘zbekistonlik futbolchining narxi keskin oshdi
Sport
−
23 iyul 28473 1 daqiqa
Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki futbolchisi — Behruz Karimov va Jahongir O‘rozovning transfer qiymati 1 mln yevrodan oshdi. Bu haqda “Transfermarkt” portali ma’lum qildi.
Portalning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, terma jamoada eng katta o‘sishni Behruz Karimov qayd etdi. Agar 2026 yil 13 may holatiga uning bozor qiymati 350 ming yevroni tashkil etgan bo‘lsa, mundialdan keyin bu ko‘rsatkich 1 million yevroga yetdi. Shu tariqa, 18 yoshli futbolchining narxi qariyb uch baravarga oshdi. Karimov JCH–2026 doirasida ikki uchrashuvda maydonga tushib, o‘zining ishonchli harakatlari bilan mutaxassislar e’tiborini qozondi.
Terma jamoada narxi 1 million yevrodan oshgan yana bir futbolchi Jahongir O‘rozov bo‘ldi. Mundialga qadar uning transfer qiymati 600 ming yevro deb baholangan bo‘lsa, yangilangan reytingda bu ko‘rsatkich 1,2 million yevroga yetdi. O‘rozov ham Jahon chempionatida ikki uchrashuvda ishtirok etib, o‘zining barqaror o‘yini bilan qiymatini ikki baravarga yaqin oshirishga erishdi.
Shu tariqa, Jahon chempionati nafaqat O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun tarixiy natija, balki futbolchilarning xalqaro transfer bozoridagi qiymatini oshirishda ham muhim omil bo‘ldi.
Live
Barchasi