JCH sabab Google orqali O‘zbekistonni qidirish keskin oshdi
Sport
−
15:58 2926 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki sabab Google qidiruv tizimida Uzbekistan kalit so‘zi bo‘yicha amalga oshirilgan qidiruvlar soni 450 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Siddiqov o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Elchining bildirishicha, bunday keskin o‘sishga O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etgani asosiy omil bo‘lgan. Terma jamoaning mundialdagi bahslari xalqaro auditoriya e’tiborini mamlakatga qaratgan va bu internetdagi qidiruv statistikasida ham o‘z aksini topgan.
Mutaxassislar fikricha, yirik sport musobaqalari nafaqat jamoalarning sportdagi yutuqlarini namoyon etadi, balki mamlakatning turizm salohiyati, madaniyati va xalqaro imijini targ‘ib qilishda ham muhim vosita hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etdi. Jamoa guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushdi va uchala bahsda ham mag‘lubiyatga uchrab, 0 ochko bilan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Live
Barchasi