JCH-2026da ishtirok etmaydigan yulduzlar ma’lum bo‘ldi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar soni 48 taga yetgan bo‘lsa-da, ayrim mashhur futbol yulduzlar hozirga kelib Jahon chempionatida ishtirok etmasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Ular qatorida Premer-liga, La Liga va A Seriyaning ko‘zga ko‘ringan yulduz futbolchilari ham bor.

Soboslai: Vengriya terma jamoasi saralashda Portugaliyaga va Irlandiya bilan bir guruhdan o‘rin olgan holda so‘ngi turlargacha pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab kelayotgan edi, biroq Irlandiyaga hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy bergandan so‘ng, “Liverpul” yulduzi Dominik Soboslai Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi rasman aniq bo‘ldi.

Vlahovich va Mitrovich: Serbiya tarkibi kuchli bo‘lishiga qaramay, Vlahovich, Mitrovich, Yovich, Tadich va boshqa yulduzlar pley-off bosqichiga chiqolmaydi. Yaqinda murabbiy etib tayinlangan Paunovichning jamoasi Jahon chempionatidan chetda qoladi.

Oblak: Sloveniya darvozaboni Yan Oblak Jahon chempionatida birinchi marta qatnashmaydi. 37 yoshli “Atletiko Madrid” darvozaboni terma jamoasi bilan saralashni juda muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi.

Kvaratsxeliya va Mamardashvili: Gruziya yulduzlari Xvicha Kvaratsxeliya va Georgiy Mamardashvili yetakchiligidagi Gruziya terma jamoasi Ispaniya va Turkiya bilan guruhdan o‘rin olgan holda, mundial yo‘llanmasida mosuvo bo‘ldi. Shu sababli, PSJ va “Liverpul” yulduzlari Shimoliy Amerikadagi turnirda qatnashmaydi.

Lukman va Osimhen: Nigeriya terma jamoasi CAF pley-off finalida Kongo DRga  penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Natijada Osimhen va Lukman Jahon chempionatida ishtirok etolmaydi.

Mbemo va Etta Eyong: Premer-liga yulduzi Brian Mbemo va La Liga vakili Etta Eyonglar ham o‘z terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok imkoniyatida mahrum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston, Iordaniya, Kabo-Verde, Kyurasao va Gaiti kabi jamoalar o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Kvaratsxeliya Soboslai

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing