Javohir Sindorov Magnus Karlsenga qarshi o‘ynadi
Sport
−
10:37 2879 1 daqiqa
Kecha, 7 sentyabr kuni Hindistonning Bangalor shahrida o‘tkazilayotgan Tech Mahindra Global Chess League musobaqasining uchinchi bosqichida norvegiyalik sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen va o‘zbekistonlik Javohir Sindorov o‘zaro bahs olib bordi.
Mazkur partiya “Alpine APL Pipers” va “FYERS American Gambits” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv doirasida birinchi taxtada o‘tkazildi. Tomonlar murosaga kelib, partiya durang bilan yakunlandi.
Yakunda “Alpine APL Pipers” “FYERS American Gambits”ni 15:3 hisobida mag‘lub etdi. Shu natija orqali Karlsen jamoasi 12 ochkodan 9 tasini jamg‘arib, musobaqa peshqadamiga chiqdi.
“FYERS American Gambits” safida ishtirok etayotgan qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva esa hindistonlik Divya Deshmux bilan durang o‘ynadi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa joriy yilning 13 sentyabrga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov mazkur turnirida Bibisora Assaubayeva bilan bir jamoada ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi