Japarov Mirziyoyevni tabrikladi

Jamiyat

image

Qirig‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Samarqandda UNESCO’ning 43-sessiyasi Bosh konferensiyasi ish boshlagani bilan tabrikladi. Bu haqda u bugun, 31 oktyabr kuni o‘zining Facebook sahifasida yozdi.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich! Qirg‘iziston xalqi nomidan va shaxsan o‘zimning nomimdan sizni hamda birodar O‘zbekiston xalqini UNESCO'ning 43-sessiyasi Bosh konferensiyasi ish boshlagani bilan samimiy tabriklayman”, deydi Japarov.

Shuningdek, u bu tarixiy voqea Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyat kasb etishini va UNESCO shtab-kvartirasidan tashqarida, Parijdan boshqa joyda, qirq yildan ortiq vaqt ichida ilk bor o‘tkazilayotgani bilan alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etgan.

“Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasining yuqori xalqaro obro‘-e’tiborini, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasining jahon miqyosida madaniy, ma’naviy va gumanitar hamkorlik markazi sifatidagi o‘sib borayotgan e’tirofini yaqqol tasdiqlaydi”, deydi Qirg‘iziston Prezidenti.

Uning bildirishicha, bunday yirik forumning qadimiy Samarqand shahrida – ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat beshigida o‘tkazilishi konferensiyaga o‘ziga xos ramziy mazmun beradi. Bu esa O‘zbekistonning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik, tinchlik, o‘zaro tushunish va yaratuvchanlik g‘oyalari markazi sifatidagi rolini yanada e’tirof etadi.

“Ishonchim komilki, konferensiya davomida ilgari suriladigan qarorlar va tashabbuslar ta’lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikning yangi ufqlarini ochadi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi hamda mintaqamizning yanada ravnaq topishiga hissa qo‘shadi. Birodar o‘zbek xalqiga ushbu keng ko‘lamli va muhim tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazishni, samarali muhokamalar, konstruktiv qarorlar va ilhomlantiruvchi natijalarni chin dildan tilayman”, deydi Japarov.

Ma’lumot uchun, UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 30 oktyabr – 13 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev UNESCO Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing