Japarov Qirg‘izistonning tashqi siyosati qanday bo‘lishini aytdi
Olam
−
28 yanvar 2021 6153 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, bugun, 28 yanvar kuni Qirg‘izistonning saylangan Prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Japarov Qirg‘iziston ko‘pvektorli tashqi siyosatga sodiq qolishini aytdi.
“Biz Respublikaning tashqi siyosatida ko‘pvektorli yondashuvga amal qilamiz”, deydi u.
Japarovga ko‘ra, Qirg‘izistonning strategik sheriklari bilan munosabatlarni mustahkamlash uning tashqi siyosiy faoliyatdagi ustuvor yo‘nalishiga aylanadi. Shuningdek, Japarov boshqa davlatlar, jumladan, Turkiya va Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirishga va’da berdi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart