Janubiy Koreyada suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi?
Olam
−
16 iyul 2023 8509 1 daqiqa
Janubiy Koreyada bir necha kundan beri davom etayotgan yomg‘irlar va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum qilindi.
“O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi xabariga ko‘ra, suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmagan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, vaziyat o‘zbek diplomatlari nazoratida ekani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada o‘tgan haftadan beri davom etayotgan yomg‘irlar oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi bedarak yo‘qoldi.
Hozirda minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda.
“Yonhap” agentligiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati janubi-sharqiy Shimoliy Kyonsan provinsiyasida qayd etilgan bo‘lib, u yerda 17 kishi asosan ko‘chki va turar-joy binolarining qulashi oqibatida halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan.
Live
Barchasi