Janubiy Koreyada parvoz vaqtida eshigi ochilgan samolyot bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi
Olam
−
29 may 2023 12489 1 daqiqa
Janubiy Koreyaning Asiana Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning 213 metr balandlikda favqulodda eshigini ochgan yo‘lovchi politsiyaga o‘sha paytda tezroq chiqib ketmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Politsiya tomonidan uning aqliy qobiliyatlari tekshiriladi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
33 yoshli erkakning so‘zlariga ko‘ra, u ishini yo‘qotgani uchun o‘sha kuni juda asabiy holatda bo‘lgan va samolyot qo‘nishga tayyorlanayotganida to‘satdan eshikni ochib yuborgan.
Mazkur shaxs hibsga olingan, u aviatsiya xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblanib, 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bundan tashqari, politsiya koreysning aqli rasoligini tekshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada Asiana Airlines aviakompaniyasi samolyotining eshigi parvoz vaqtida ochilib ketgan edi. Favqulodda vaziyat vaqtida bortda 194 kishi bo‘lgan. Samolyot eshigi ochiq holda muvaffaqiyatli qo‘ngan. Hodisa vaqtida hech kim jabrlanmagan, biroq havo yetishmasligi tashxisi bilan 9 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Live
Barchasi