Janubiy Koreya Prezidenti Trampga qadimiy oltin toj berdi (video)

Olam

image
Azaliy raqib bilan kelishuv. Tramp nimani ko‘zlayapti? north_east

Azaliy raqib bilan kelishuv. Tramp nimani ko‘zlayapti?

Prezident Donald Tramp Janubiy Koreya yetakchisi Li Chje Myondan eng oliy mukofot – “Mugunxva” ordeni hamda qadimgi Silla tojining oltin nusxasini oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Mukofot faqat mamlakatning eng nufuzli mehmonlariga beriladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Tramp uni Koreya yarimorolida tinchlik o‘rnatishga qo‘shgan hissasi uchun olgan. Bundan tashqari, toj AQSH va Janubiy Koreya o‘rtasidagi tinchlik va do‘stlikni anglatadi.

Tramp ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi AQSH Prezidenti bo‘ldi.

Amerika yetakchisi Osiyo turnesining so‘nggi bekati bo‘lgan Kyonjuga yetib bordi. Donald Trampni YMCA qo‘shig‘ini ijro etgan guruh kutib oldi va harbiylar salom berdi. Uning sharafiga o‘tkazilgan kechki ovqatda dasturxonga unga yoqadigan taomlar tortildi: ketchupli kotlet, ming orol sosili salat, ketchup va koreys sousi bilan sirlangan baliq, so‘ngra shirinlik uchun oltin bilan shokoladli keyk.

Janubiy Koreya Trampning tashrifini ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi muhim qadam va hamkorlikning yangi bosqichining “oltin boshlanishi” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon bilan muzokaralar chog‘ida Koreya yarimorolida davom etayotgan mojaroni hal qilish niyatida ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Janubiy Koreya Li Chje Myon oltin toj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing