Janubiy Afrikada kutilmagan sovuq tufayli 49 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) kuchli sovuq tufayli kamida 49 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ekstremal sovuq oqimi ayrim hududlarga kuchli yomg‘ir va qor olib kelgan. Oqibatda mamlakatdagi ikkinchi eng yirik viloyat – Sharqiy Keypda kuchli suv toshqini yuz bergan va bu ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan.

Viloyat ma’muriyati rahbari Oskar Mabuyaanening so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni yanada ko‘payishi mumkin, chunki bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari hanuz davom etmoqda.

Halok bo‘lganlar orasida 6 nafar o‘quvchi ham bor. Ularning avtobusi suv ostida qolib ketgan va o‘quvchilar suvga oqib ketgan. 3 nafar bola daraxtlarga osilib, omon qolishga muvaffaq bo‘lgan, yana 4 nafari qidirilmoqda.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida yuz minglab uylar elektr ta’minotisiz qolgan, kamida 58 ta maktab va 20 ta shifoxona suv bosishi tufayli zarar ko‘rgan. Shuningdek, taxminan 500 kishi evakuatsiya qilingan. Ularning uylari butunlay vayron bo‘lgan yoki kuchli zarar yetgan.

“Biz bunga o‘xshash holatni ilgari hech qachon ko‘rmaganmiz”, deydi mahalliy aholi vakillari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning yetti shtatida kuchli yomg‘ir, suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli 44 kishi halok bo‘lgandi. Shuningdek, 21 tumanda 6,33 milliondan ortiq odam toshqin va yomg‘irdan jabr ko‘rgan. 1506 ta qishloqda 14739 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi erlari zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Afrika Respublikasi kuchli sovuq ekstremal sovuq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing