Jamal Musiala sabab turkiyalik jurnalist hibsga olindi
Sport
−
13:01 441 1 daqiqa
Turkiyalik jurnalist Burhan Jan Terzi Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” yarim himoyachisi Jamal Musialaning “Galatasaroy”ga o‘tishi haqida xabar bergani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda jurnalist Burak Dogan ma’lum qildi.
Manbalarga ko‘ra, Terzi “jamoatchilikni chalg‘ituvchi ma’lumotlarni oshkora tarqatish”da gumon qilingan. Uning Musialaning “Galatasaroy”ga o‘tishi haqidagi xabarlari ortidan “Galatasaroy” klubi rasmiy bayonot berib, ushbu ma’lumotlarni rad etgan.
Shundan so‘ng klub Bakirkyoy Respublika prokuraturasiga murojaat qilgan va jurnalistga nisbatan tergov boshlangan.
Terzi so‘roq qilinganidan keyin sud qarori bilan ozod etilgan. Unga nisbatan sud nazorati chorasi ham qo‘llanilmagan.
Live
Barchasi