Jahon chempionatida foydalaniladigan to‘p taqdim etildi

Sport

image

FIFA Jahon chempionati-2026 musobaqasida foydalaniladigan rasmiy to‘p taqdim etildi. Bu haqda FIFA xabar berdi.

Kecha, 2 oktyabr kuni FIFA AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida o‘tkaziladigan mundial davomida “ADIDAS TRIONDA” to‘pidan foydalanilishini ma’lum qildi. Ushbu nom ispanchadan olingan bo‘lib, “uch to‘lqin” degan ma’noni anglatadi.

“To‘pning yorqin dizayni uchta mezbon mamlakatga ehtirom ko‘rsatuvchi qizil, yashil va ko‘k ranglarning uyg‘unligiga ega. Yangi to‘rt panelli tuzilish va suyuqlik geometriyasi to‘pning nomidagi to‘lqinlarni aks ettiradi. Bu panellar uch mezbon davlatning  tarixiy birlashuviga ishora qilib, to‘pning markazida uchburchak shaklini hosil qiladi”, deyiladi rasmiy e’londa.

To‘pda har bir mezbon mamlakatni ifodalovchi ramzlar aks ettirilgan: Kanada uchun zarang bargi, Meksika uchun burgut va AQSH uchun esa yulduz.

Ma’lumot uchun, 3 mamlakatning 16 ta shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionati 2026 yil 11 iyun - 19 iyul sanalari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mundialga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni Vashingtondagi Kennedi markazida o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Meksika Kanada FIFA to'p Jahon chempionati-2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing