Zelenskiy Ukrainaning so‘nggi Prezidenti bo‘lishi mumkin

Olam

image

Yuqori Rada deputati Vadim Rabinovich Ukraina yaqin orada parlamentar respublikaga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgan. Unga ko‘ra, amaldagi Prezident Vladimir Zelenskiy mamlakatning so‘nggi rahbariga aylanishi mumkin.

Rabinovich Ukrainani hozirda "davlatni boshqarishda hech narsani tushunmaydigan vaqtinchalik ishchilar" boshqarayotganini ta’kidlagan.

"Hozirgi hukumatning barcha vakillari bir yoki ikki oyga tashrif buyurishadi, shuning uchun ulardan keyin nima bo‘lishiga ahamiyat berishmaydi", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi partiya Matbuot xizmati. Deputat ko‘pchilik ukrainaliklar rasmiylarning harakatlaridan hafsalasi pir bo‘lganini eslatib o‘tgan.

"Zelenskiy yoki eng muvaffaqiyatli Prezident bo‘ladi yoki Ukrainaning oxirgi Prezidenti. Chunki biz parlamentar respublikaga aylanamiz... Va menimcha, bugun biz ikkinchi variantga yaqinmiz!", deya xulosa qilgan deputat.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

808

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing