Zelenskiy Ukrainada Yevropa mudofaa markazini yaratishni taklif qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga tashrifi davomida Amerika mudofaa kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Zelenskiy rahbariyat va oddiy ishchilarga Ukrainaga o‘zini himoya qilishda yordam bergan qurollar uchun hamda o‘tgan hafta AQSH-Ukraina mudofaa sanoati konferensiyasida ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirganini yozgan.

“Men Ukrainada Yevropa mudofaa markazini yaratishni ham taklif qildim. Biz barcha kerakli qarorlarni qabul qilishga, byurokratiyani kamaytirishga va buyurtma berishga tayyormiz. Biz ko‘proq o‘q-dorilar va harbiy texnika ishlab chiqarmoqchimiz, ammo bizga yordam kerak. Artilleriya o‘q-dorilari, havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya va raketa tizimlarini birgalikda ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim”, deydi Zelenskiy.

Prezident o‘zaro hamkorlik ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish, har ikki davlat uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularni mustahkamlashga xizmat qilishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezident Vladimir Zelenskiy Vashingtondagi AQSH Milliy mudofaa universitetida Ukraina Amerika qurollariga muhtoj ekani va bu yordamni taqdim etishdagi kechikishlar AQSHning dunyodagi yetakchiligiga hissa qo‘shmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing