Zelenskiy Rossiyaga doimiy sulh taklif qildi
Olam
−
10 aprel 7633 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putin e’lon qilgan Pasxa sulhiga javoban Kiyev bu kelishuvga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina avval ham Pasxa bayrami davrida o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan va shu pozitsiyasida qoladi.
“Ukraina bir necha bor aytdi – biz to‘g‘ri qadamlar qo‘yishga tayyormiz. Biz bu yil ham Pasxa vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilganmiz va shunga muvofiq harakat qilamiz. Odamlarga tahdidsiz Pasxa kerak va Rossiyada ham bayramdan keyin o‘q uzishni qayta boshlamaslik imkoniyati bor”, degan Ukraina yetakchisi.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan vaqtinchalik sulh e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 11 aprel soat 16:00 dan 12 aprel kuni oxirigacha amal qiladi.
Zelenskiy eslatib o‘tganidek, Ukraina ilgari ham Rossiyaga hech bo‘lmaganda Pasxa davrida sulh e’lon qilishni taklif qilgan, biroq bunga aniq javob olinmagan.
Shuningdek, u mart oyining oxirida pravoslav Pasxa vaqtida “energetik sulh” masalasini ham muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan edi.
2025 yilda ham Pasxa arafasida shunga o‘xshash sulh e’lon qilingan, biroq tez orada tomonlar bir-birini uni buzishda ayblagan.
Live
Barchasi