Zelenskiy Qrimni nishonga olishi mumkin – “The Times”

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 8 fevral kuni Londonga borgan edi. Endilikda esa tashrif doirasidagi uchrashuvlar natijasi o‘laroq Kiyev Qrimdagi nishonlarga zarba berish uchun Britaniyaning uzoq masofali raketalaridan foydalanishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “The Times” gazetasi Ukraina harbiy doiralariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina harbiy doiralari Prezident Vladimir Zelenskiyning uzoq masofali raketalar yordamida “bosib olingan hududlar qa’ridagi” Rossiya harbiy ob’ektlarini yo‘q qilish haqidagi so‘zlari Qrimga zarba berishni anglatishini tasdiqlagan. Ular Kiyev bunday harakatlarga tayyorligini aytgan.

Ma’lumot uchun, Zelenskiyning Londonga tashrifi chog‘ida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Ukrainaga uzoq masofadagi nishonlarga zarba berishga mo‘ljallangan qurollar yuborilishini tasdiqlagan. Britaniyalik harbiy kuzatuvchilar gap 240 kilometrgacha masofada joylashgan nishonlarga zarba berish uchun ishlatiladigan Harpoon raketalari haqida boryotganini taxmin qilgan. Shuningdek, ular 560 km masofagacha zarba bera oladigan Storm Shadow havo raketalari ham yuborilishi mumkin, deb hisoblamoqda. 

Biroq Ukraina harbiy doiralari Storm Shadow raketalarining Kiyevga yuborilishi dargumon, deb hisoblamoqda. Chunki bu Buyuk Britaniyaning AQSHga qaraganda uzoqroq masofaga mo‘ljallangan qurollarni Ukrainaga berishini anglatadi. Bu esa Vashingtonni noqulay ahvolga solib qo‘yadi.

Manbaga ko‘ra, London uzoq masofaga uchuvchi qurollar yetkazib berilishi tufayli mojaro avj olishi mumkinligidan xavotirga tushganiga qaramay, hukumat hozirda Ukrainaga qancha raketa berilishi mumkinligini haqida o‘ylamoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zelenskiyning Bryusselga tashrifi doirasida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi o‘ninchi sanksiyalar paketini ishga tushirayotgani e’lon qigandi

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing