Yuqori Chirchiq tumanida meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar muhokamasi portaliga joylashtirildi

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining takliflariga binoan “Agriculture Support Eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotishga ixtisoslashtirilgan namunaviy meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etiladi. 

Bunda:

klaster uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali va unumli foydalanish, ushbu maydonlarga sifatli, jahon andozalariga mos eksportbop ekinlarni joylashtirish, g‘o‘za ekinlari o‘rniga bosqichma-bosqich 2020 yilga qadar to‘lig‘icha sabzavot ekinlari joylashtirish va intensiv bog‘larni yaratilishi;

meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ulardan hududiy sharoitlarda keng foydalanish hamda meva-sabzavotchilik sohasiga klaster tizimini joriy qilishda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

tashqi bozor talabiga to‘liq javob beradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, istiqbolda ularning seleksiyasi va urug‘chiligini mamlakatimizda o‘zlashtirish va rivojlantirish;

serhosil meva-sabzavot ekinlarini ekish, mahsulot yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotish jarayonini to‘liq qamrab oluvchi tizimni, shuningdek zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan texnologiyalarni meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish jarayoniga joriy qilish va fitosanitariya qoidalariga rioya qilish tavsiya etilmoqda.

Qaror bilan:
“Agriculture Support Export” MCHJ tomonidan 2019-2021 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari;

2019-2020 yillarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida qayta ishlash quvvatlarini joriy qilish hamda agrar sektori uchun malakali kadrlarni tayyorlash yuzasidan investitsiya loyihasi ma’qullanadi.

Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Oliy va urta-maxsus ta’lim vazirligi:

“Agriculture Support Eksport” MCHJga Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidan ajratib berilgan mavjud yer maydonlarida to‘lig‘icha meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etishga;

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Agrosanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji”ning yotoqxona va o‘quv binolarini mazkur qarorga muvofiq yangi ish o‘rinlari tashkil etish va investitsiyalar kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi. 

Qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda, ushbu qarorga asosan berilgan ob’ektdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatiladi.

Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:

ajratiladigan yer maydonlaridan samarali va unumli foydalanish, ushbu maydonlarga sifatli jahon andozalariga mos eksportbop ekinlarini joylashtirish va ekilishini nazorat qilib boradi.

“Agriculture Support Eksport” MCHJ Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qabul qilish, tozalash, saralash, quritish hamda qayta ishlash quvvatlarini 2021 yilga qadar to‘liq ishga tushirilishini ta’minlaydi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tijorat banklari, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “O‘zagrolizing” AJlarga:

“Agriculture Support Eksport” MCHJga ushbu qaror  1-ilovasida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun texnik-iqtisodiy asoslarini inobatga olgan holda xamda aylanma mablag‘larni shakllantirishga va boshqa moddiy resurslarni xarid qilishni moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda imtiyozli foiz stavkalarda kreditlar ajratilishi;

meva-sabzavot ekinlarini ekish, parvarishlash va yig‘ib olish bilan bog‘liq agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maxsus texnikalarni lizing asosida yetkazib berish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:

klaster tomonidan xorijiy davlatlardan respublika hududiga olib kelinadigan urug‘lik va mevali ko‘chatlarni belgilangan tartibda qisqa muddatda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlariga ko‘maklashadi;

import qilingan urug‘lik va mevali ko‘chatlar ekilgan maydonlarda sinov ishlari olib borsinlar va O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlarining davlat reyestriga kiritadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori Meva-sabzavot

Baholaganlar

6

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing