“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga 525 mln so‘m beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2026 yildan har 2 yilda 1 marta “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda kecha, 28 aprel kuni qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida so‘z boradi. 

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan har 2 yilda 1 marta quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi: 

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi;
  • pedagogik mahorat markazlari direktorlari o‘rtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • “Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;
  • “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.

Tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nomzod QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Sertifikat asosida g‘oliblar BHMning 1 400 baravariga (525 mln so‘m) teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili sentyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida O‘zbekistonda har yili “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilishi va 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga sovg‘a sifatida uy-joy berilishi aytilgan edi. Shuningdek, har yili sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar soni 2 barobar oshirilishi qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tanlov Yil o'qituvchisi Kasbiy mahorat etakchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing