Yevropaga ishga jo‘natish uchun $3 ming talab qilgan menejer ushlandi
3-sahifa
−
18:20 230 1 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida fuqaroni Slovakiyaga ishga jo‘natish va unga viza rasmiylashtirib berishni va’da qilib, pul talab qilgan turfirma menejeri ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mahalliy turfirma menejeri xorijga ishga jo‘natish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan. Shunga qaramay, u Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroni Slovakiyaga ishga jo‘natish va unga viza rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSH dollari hamda 2,5 mln so‘m talab qilgan.
U talab qilingan puldan ming AQSH dollari va 2,5 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga ishga jo‘natish uchun qariyb 6 000 AQSH dollari olgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi