Yevropa kompaniyalari urush boshlanganidan beri qancha yo‘qotgani aytildi
Olam
−
07 avgust 2023 4748 2 daqiqa
Rossiyaning Ukrainaga urushi boshlanganidan beri Yevropa kompaniyalarining Rossiya Federatsiyasidagi faoliyati bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlari kamida 100 milliard yevroni tashkil etdi. Bu haqda “Financial Times” 600 ta eng yirik kompaniyaning moliyaviy hisobotlariga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Yevropaning 176 ta kompaniyasi o‘z aktivlarining amortizatsiyasi, birja bilan bog‘liq hamda biznesni sotish, yopish yoki qisqartirish bilan bog‘liq xarajatlarga duch kelgan.
Eng katta yo‘qotishlarga energetika korxonalari duch kelgan. Xususan, BP, Shell va TotalEnergies jami 40,6 milliard yevro zarar ko‘rgan. Biroq ular neft va gaz narxining yuqoriligidan xarajatlar o‘rnini foyda bilan qoplashga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, moliya kompaniyalari, jumladan, banklar, sug‘urta va investitsiya kompaniyalari katta zarar ko‘rdi – ular 17 yarim milliard yevroga yaqin mablag‘ yo‘qotgan. Avtomobil ishlab chiqaruvchilari 13,6 milliard yevro miqdorida zarar ko‘rgan.
Gazetaga ko‘ra, Yevropa davlatlari orasida eng ko‘p zarar ko‘rgani Britaniya kompaniyalari bo‘lib, ular 30 milliard yevrodan ortiq zarar ko‘rgan.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 40 milliarddan ortiq yo‘qotgan nemis va fransuz firmalari egallaydi. Italiya, Irlandiya va Daniya kompaniyalari ham katta yo‘qotishlarga uchragan.
Kiyev Iqtisodiyot maktabi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 260 dan ortiq G‘arb kompaniyasi Rossiya Federatsiyasini butunlay tark etgan, 700 dan ortig‘i o‘z faoliyatini to‘xtatgan, 1400 ga yaqini esa avvalgidek ishlashda davom etmoqda.
Live
Barchasi