Yoshlar orasida yangiliklardan uzoqlashish kuchaymoqda
Olam
−
09:18 1196 2 daqiqa
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yoshlar an’anaviy yangiliklarni kuzatishdan tobora yuz o‘girmoqda. Tadqiqotchilar esa jurnalistika jamiyat uchun hanuz o‘z ahamiyatiga ega ekanini aytishmoqda. Bu haqda “DW Global Media Forumida Reuters Digital News Report” ma’lumot berdi.
Hisobotning muhim jihatlaridan biri shundaki, yosh foydanuvchilar televideniya yoki axborot vositalarining veb-saytlari va ilovalarga qaraganda ijtimoiy tarmoqlar va video platformalarda ko‘proq yangiliklar iste’mol qiladi.
AQSHda 25 yoshgacha bo‘lgan barcha respondentlarning uchdan bir qismi hech qachon televizorda yangiliklarni tomosha qilmasliklarini yoki yangiliklar veb-saytlaridan muntazam foydalanmasliklarini aytgan.
Tadqiqot muallifi Jim Eganning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar ijtimoiy tarmoqlar va video platformalar doimiy foydalanuvchilari, lekin bu yerda yangiliklarga bo‘lgan ishonch eng past darajada.
Shuningdek, ushbu tadqiqotda video formatlar tobora ommalashayotgani aytilgan. So‘rovnomada qatnashganlarning qariyb 75 foizi haftada bir marta yangiliklar videolarini tomosha qilishlarini ma’lum qilgan. Ayniqsa, YouTube, TikTok va Instagram eng ommabop platformalar qatoridan joy olgan.
Yoshlar orasida nafaqat TikTok, YouTube Shorts kabi videolar mashhur, balki qatnashchilarning taxminan 20 foizi doimiy ravishda 20 daqiqadan ortiq davom etuvchi videolarni hamda YouTube’dagi jonli yangilik dasturlarni tomosha qilishlari aniqlangan.
Tadqiqotchi so‘rovda qamrab olingan 48 ta mamlakatda 29 tasida ishonch kamida 3 foizga pasayganini aytib o‘tgan, bu tendensiya davom etishi mumkinligi bilan ogohlantirgan. Shunga qaramasdan, jurnalistikaning jamiyatdagi o‘rni saqlanib qolayotgani ta’kidlangan.
Mumtozbegim Abdumo‘minova
Live
Barchasi