Yosh qizlarga shahvoniy shilqimlik qilgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)
3-sahifa
−
20 Sentabr 12378 2 daqiqa
Toshkent shahrida voyaga yetmagan 2 nafar qizga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmani shaxsiy qabuliga Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.O. murojaat bilan kelgan. O‘z murojaatida ayol voyaga yetmagan farzandi O.Y. (2012 yilda tug‘ilgan qiz) va uning tengdosh dugonasi L.A. larga nisbatan joriy yilning 13 may kuni Uchtepa tumani hududida joylashgan bolalar maydonchasida notanish erkak V.J. (1977 yilda tug‘ilgan) shahvoniy shilqimlik xatti-harakatlari, ya’ni jinsiy a’zosini ko‘rsatish orqali voyaga yetmaganlarga uyatsiz, buzuq harakatlar qilgani, lekin tergov organi holatga bola manfaati nuqtai nazaridan yondashmaganini bayon qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani tomonidan tergov va sudning tegishli hujjatlari o‘rganilganda, tergovga qadar tekshiruv vaqtida ish holatlari to‘la va xolis o‘rganilmasdan, vaziyatga to‘liq huquqiy baho berilmagan tarzda ish bir tomonlama ko‘rilib, yakunlangani haqida xulosaga kelingan.
Shu sababli, Bolalar ombudsmani bolaga oid mazkur ishni har tomonlama, to‘la, sinchkovlik bilan va xolisona tekshirib chiqilishi zarurati yuzasidan Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya sudlov hay’atiga iltimosnoma kiritib, 16 yoshdan kichik bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan shahvoniy shilqimlik harakatlarida jinoyat alomatlari borligi tufayli mazkur sud qarorini bekor qilgan holda jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun tegishli tuman prokuraturasiga yuborilishini so‘ragan.
Natijada, joriy yilning 17 sentyabr kuni Toshkent shahar sudida apellyatsiya tartibida ish ko‘rib chiqilgan. Bolalar ombudsmani pozitsiyasi va jabrlanuvchi tarafning vajlari o‘rganilib, ishni qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruvga qaytarish va prokuratura tomonidan fuqaro V.J. ga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasini hal etish to‘g‘risida sud qarori chiqarilgan.
Shuningdek, tergovda voyaga yetmaganlarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida Bolalar ombudsmani bu toifadagi ishlar bo‘yicha tajribali advokatning ishga kirishishida jabrlanuvchi tarafga ko‘maklashgan.
Bildirilishicha, Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlanishi nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida jamoat transportida qizlarga uyatsiz harakatlar sodir etib, orqasini ushlagan erkak 5 sutkaga qamalgan edi.
Live
Barchasi