Yelizaveta II ning bolaligida yozgan maktubi auksionga qo‘yiladi

Bu qiziq

image

Qirolicha Yelizaveta II ning bolaligida yozgan qo‘lyozma maktubi 27 fevral kuni auksionga qo‘yiladi. Taxminan 10–12 yoshlarida (1936–1940 yillar oralig‘ida) yozilgan ushbu maktub uchun 4 000 funt sterlinggacha takliflar kutilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir sahifadan iborat maktub Vindzor shahridagi Royal Lodge qarorgohining bosh uy xizmatchisi Beatris Stillmanga yo‘llangan. Unda itlar, otlar va bolalar rasmlari chizilgan bo‘lib, kichik Yelizaveta “qushlar yaxshimi, tilla baliqlar o‘lib qolmadimi?” deb so‘ragan. 

Maktubda marhuma qirolicha terib olgan primula gullari haqida ham so‘z borgan. U bu gullarni Royal Lodge xodimlari o‘rtasida bo‘lishishni so‘ragan. Shuningdek, sobiq uy xizmatchisiga yo‘llangan maktubda qirollik xonadoni haqida oddiy, samimiy eslatmalar va chizmalar bor. 

Uning ichida singlisi Qirolicha Margaret tomonidan yozilgan yana bir maktub ham chiqqan. Unda u Stillmandan “cho‘milish kiyimimga qarab turing”, deb iltimos qilgan.

Auksionni tashkil qilayotgan Hansons Auctioneers vakili Jastin Metyus 27 yillik faoliyati davomida bundan-da go‘zal narsani ko‘rmaganman, degan.

Maktublar 2024 yilda Stillman vafotidan so‘ng nevarasi Uilyam Vestakot tomonidan karavot ostidagi jamadondan topilgan. U xatlar mavjudligini bilishgani, ammo ularni asl holatda o‘qish juda hayratli lahza bo‘lganini aytgan. Uning xolasi Reyn qirollik oilasi bilan uchrashuvlarni iliq xotiralar bilan eslab, Royal Lodge bog‘idagi katta o‘yin uyida malikalarga qo‘shilib o‘ynaganini aytib bergan.

Esaltib o‘tamiz, avvalqroq Uyg‘onish davri rassomi va haykaltaroshi Mikelanjelo Buonarrotining (1475-1564) kartinasi “Christie’s” kimoshdi savdosida 27,2 million AQSH dollariga sotilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

auktsion Elizaveta II Maktub

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing