YeI Kosovoga siyosiy tashriflar va moliyaviy yordamni to‘xtatdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi mintaqa bosh vaziri Serbiya anklavlarida deyeskalatsiyani ta’minlay olmagani uchun Kosovo bilan yuqori darajadagi siyosiy tashriflar va moliyaviy hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda bugun, 14 iyun kuni Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar xizmati vakili Peter Stano ma’lum qildi. 

Uning ta’kidlashicha, bu choralar "sanksiya emas". 

“Kosovo Bosh vaziri Albin Kurti Kosovoda Yevropa Ittifoqi bir necha bor talab qilgan deyeskalatsiya urinishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shu sabab biz zudlik bilan samarali bo‘lgan bir qator choralarni ko‘rishga, jumladan, yuqori darajadagi tashriflar va Kosovo bilan moliyaviy hamkorlikni to‘xtatib turishga qaror qildik. Bu choralar sanksiyalar emas, ular butunlay boshqa darajada joriy qilingan”, deydi Stano.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi a’zo mamlakatlar tomonidan uzoq muddatli kelishuv natijasida qabul qilingan aniq huquqiy mexanizmlar asosida sanksiyalar kiritadi. Kosovoga nisbatan choralar esa sanksiya emas. 

Taranglikning kuchayishi natijasida Yevropa Ittifoqining 27 davlati Serbiya va Kosovoga aniq talablar qo‘ydi. Unga ko‘ra, Serbiya va Kosovo, ayniqsa, Kosovo shimolida mahalliy saylovlar va ularning natijalarini amalga oshirishga urinishlar natijasida yuzaga kelgan keskinlikning pasayishni ta’minlashi kerak.

Stano Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida maslahatlashuvlar davom etishini, keyingi qadamlar qachon amalga oshirilishi belgilab berilishini ta’kidladi. U Kosovoga qarshi bu qaror qay darajada ma’qullangani haqidagi savolga aniq javob bermagan. Shuningdek, u YeI Serbiyaning harakatlari va keskinlikni yumshatish borasidagi sa’y-harakatlarini yaqindan kuzatishda davom etishini ta’kidlagan. 

“Biz Serbiyaga qarshi chora ko‘rishga tayyormiz, agar Serbiya kuchayib borayotganini ko‘rsak, Yevropa Ittifoqining 27 davlati Serbiyaga qarshi ko‘rilishi mumkin bo‘lgan choralarni muhokama qiladi”, deydi u.

Stanoning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Serbiya armiyasining Kosovo bilan chegarasidan qisman olib chiqilishini Belgrad tomonidan ko‘rilayotgan “eskalatsiya choralari” sifatida qabul qilgan qiladi, shu sababli, hozircha YeI Belgradga qarshi choralar ko‘rish zarur deb hisoblamaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat armiyasini yuqori jangovar holatga keltirish va Serbiyaning Kosovo hamda Metoxiya bilan chegarasiga harbiy bo‘linmalarni zudlik bilan joylashtirishni buyurgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, NATO o‘zining Kosovodagi harbiy bo‘linmalarini qo‘llab-quvvatlash uchun u yerga qo‘shimcha batalon yuborishini bildirdi

Ma’lumot uchun, Kosovo 1998-1999 yillardagi urushda Serbiyadan ajralib chiqqan va 2008 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan.  Bugungi kunga qadar bir qator G‘arb va Yevropa davlatlari uning mustaqilligini tan olgan. Faqat qit’aning besh davlati – Slovakiya, Ispaniya, Ruminiya, Kipr va Gretsiya ushbu davlatni tan olmagan. Shuningdek, Hindiston, Xitoy, Rossiya kabi davlatlar ham Kosovoni mustaqil davlat sifatida tan olmaydi. Serbiyaning o‘zi bo‘lsa 2006 yilgi Konstitutsiyasiga ko‘ra, Kosovoni hech qachon tan olmasligini belgilab qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Serbiya Kosovo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made