YATT va o‘zini o‘zi band qilganlarga ortiqcha talablar bekor qilinadi

Jamiyat

image

Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, ma’muriy tartib-taomillarning takrorlanuvchi va ortiqcha talablari bekor qilinadi. Bu haqda Prezidentning kecha, 12 avgust kuni qabul qilingan “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsad va ustuvor vazifalari etib belgilandi, jumladan:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ixtiyoriy ravishda rasmiy sektorda ishlashini rag‘batlantiruvchi raqobatbardosh va shaffof tadbirkorlik muhitini shakllantirish;
  • ma’muriy tartib-taomillarning takrorlanuvchi va ortiqcha talablarini bekor qilish;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan tortib hisobotni topshirishgacha bo‘lgan barcha asosiy xizmatlarni birlashtiruvchi integratsiyalashgan raqamli platformalar yaratish;
  • naqdsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun qulay va samarali mexanizmlarni joriy etish.

Qarorga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga davlat va moliyaviy xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish bo‘yicha maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilinadi:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash tartibi;
  • soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan daromadi yuz million so‘mdan oshmagan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni aylanmadan olinadigan soliq to‘lashdan ozod qilish tartibi.

Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari, ishlar va xizmatlarning yangi ro‘yxati tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati amaldagi 104 ta banddan 72 tagacha qisqarishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Yakka tartibdagi tadbirkor o'zini o'zi band qilgan shaxs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar