O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan ishlar qisqaradi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari, ishlar va xizmatlarning yangi ro‘yxati tasdiqlandi. Bu Prezidentning 19 mart kuni qabul qilingan  “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati amaldagi 104 ta banddan 72 tagacha qisqaradi.

Quyidagilar ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi:

  1. Uyda yoki davlat ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlari xonalarida repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan ta’lim fanlari bo‘yicha yakka tartibda hamda guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish;
  2. Xonalarni tozalash, jismoniy shaxs hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
  3. Uyda jismoniy shaxslarning mebellarini ta’mirlash va yig‘ish;
  4. Jismoniy shaxslarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari);
  5. Jismoniy shaxslarning shaxsiy avtomobillarini mayda ta’mirlash, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya o‘rnatish, g‘iloflar va pol qoplamalarini tikish;
  6. Makulatura, plastik idish, temir-tersak va qo‘shimcha xomashyo to‘plash;
  7. Yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar);
  8. Metall ta’mirlash ishlari (uyda amalga oshiriladigan maishiy metall buyumlarini ta’mirlash, kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarini oddiy ta’mirlash)
  9. Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish;
  10. Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;
  11. Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;
  12. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari;
  13. Kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar;
  14. Uyda kir yuvish va dazmollash xizmatlari;
  15. Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to‘qimachilik galantereyasi buyumlarini ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi bo‘yicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va to‘qimachilik galantereyasi buyumlarini tikish;
  16. Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga, shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish);
  17. Yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va ta’mirlash, kashtachilik;
  18. Galantereya buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash;
  19. Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash;
  20. Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash;
  21. To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash;
  22. Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish;
  23. Video va fotosuratga olish xizmatlari;
  24. Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlarini tayyorlash va sotish;
  25. Salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylarini tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish;
  26. Uyda quyib sotish uchun salqin ichimliklar, ayron, go‘ja hamda qurt tayyorlash va sotish;
  27. To‘garaklar tashkil etish va yuritish;
  28. Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan, bonsay san’ati);
  29. Reklama bukletlarini tarqatish, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qilish;
  30. Muqovalash ishlari;
  31. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari;
  32. Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali xatlarni jo‘natish bo‘yicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar);
  33. Riyeltorlik xizmatlarini ko‘rsatish (ijaraga uy-joy topishda, shuningdek, uy-joy sotib olishda yordam berish);
  34. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mahallalarda yig‘ish va faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari, ishlar va xizmatlarning yangi ro‘yxati esa quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 14 fevral kuni qabul qilingan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kambag‘al oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun BHMning 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar joriy etilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zini o'zi band qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar