Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun yangi tuzilmalar tashkil etiladi
Jamiyat
−
08 Oktabr 2020
6605Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Unga muvofiq, Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni kamaytirish vazirligi tarkibida яширин iqtisodiyotini tahlil qilish boshqarmasi shakllantiriladi. Uning asosiy vazifasi etib yashirin iqtisodiyot darajasi yuqori bo‘lgan sohalarini tahlil qilish va aniqlash belgilash bo‘ladi.
Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida Soliq nazorati departamenti tashkil etiladi va uning asosiy vazifalari etib yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan firibgarlik sxemalarini aniqlash va agressiv soliq rejalashtirishga qarshi kurashish kiradi.
2021 yil 1 iyuldan boshlab asosiy vazifalari soliq huquqbuzarliklarining oldini olish va aniqlash, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini shakllantirishda kontragentlar o‘rtasida hisob-kitoblarni tahlil qilishdan iborat bo‘lgan maxsus tarkibiy bo‘linma ham shakllantiriladi.
Moliya vazirligida esa yashirin iqtisodiyotni kamaytirish bo‘yicha ishni tashkil etish bo‘limi shakllantiriladi, unga Maxsus komissiyaning ishchi organi vazifalari yuklatiladi.
Ammo, farmon bilan joriy yilning 1 noyabridan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari soni 1154 nafar shtat birligiga ya’ni 10 foizga qisqartirish ham ko‘zda tutilgan.
Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 10512 shtat birligi miqdorida, shu jumladan Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparatida 498 shtat birligi miqdorida belgilanadi.
LiveBarchasi