Yaponiya yana ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

Olam

image

Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab turgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda O‘zbekistonning mamlakatdagi elchixonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, deportatsiya qilingan fuqarolardan biri Yaponiyaga “texnik stajyor” vizasi bilan kirgan. Biroq vizasi muddati tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan va keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.

Ikkinchi fuqaro esa qisqa muddatli viza asosida Yaponiyaga kirgan. U ham vizasi amal qilish muddati tugaganidan so‘ng noqonuniy ravishda mamlakatda qolgan va keyinchalik hibsga olingan.

Yaponiya rasmiylari noqonuniy yashash yoki noqonuniy mehnat faoliyati aniqlangan taqdirda qonunbuzarlarga nisbatan qat’iy choralar qo‘llanilishini eslatgan. Bunday holatlarda shaxslar qo‘lga olinishi, immigratsiya markaziga joylashtirilishi va deportatsiya qilinishi mumkin.

Shuningdek, Yaponiya hukumati qonunbuzarlar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston hukumatiga ham taqdim etadi. Shu sababli fuqarolarga “Yaponiyada bemalol ishlash mumkin” kabi asossiz va chalg‘ituvchi takliflarga ishonmaslik tavsiya etilgan.

Bundan tashqari, Yaponiyada qochqin maqomini so‘rab ariza berish mamlakatda uzoq muddat qolish yoki ishlash imkonini beradi, degan qarash noto‘g‘ri ekani ta’kidlangan. Rasmiylarga ko‘ra, bunday maqsadda ariza topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar qochqin maqomini berish rad etilsa, ariza beruvchi immigratsiya markaziga joylashtirilishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin. Shuningdek, yolg‘on ma’lumot taqdim etish yoki firibgarlik yo‘li bilan qochqin maqomini olishga urinish jiddiy huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab turgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing