Yaponiya tarixda ilk bor Braziliyani mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 14 oktyabr kuni futbol bo‘yicha Yaponiya milliy terma jamoasi tarixida ilk bor Braziliyani mag‘lubiyatga uchratdi. Tokiodagi “Adzinomoto” stadionida bo‘lib o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Yaponiya Braziliya ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Braziliya birinchi bo‘limning 26-daqiqasida Paulo Enrike va 32-daqiqada Gabriel Martinelli gollari evaziga hisobda oldinda edi. Yaponiyaning ikkinchi bo‘limdagi ajoyib qaytishi esa  kombekka sabab bo‘ldi. Ularning birinchi golini 52-daqiqada Minamino kiritdi, 63-daqiqada Keyto Nakamura hisobni tenglashtirdi. Yakuniy golni esa zaxiradan maydonga tushgan Ayase Ueda burchakdan uzatilgan to‘pni bosh bilan aniq yo‘naltirib, mezbonlarni 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. 

Bu g‘alaba bilan Yaponiya terma jamoasining o‘z maydonidagi 21 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Oxirgi marta Yaponiya o‘z maydonida 2023 yil mart oyida Kolumbiyaga qarshi o‘yinda yutqazgan edi.

Ma’lumot uchun, bu uchrashuv Yaponiya terma jamoasining Braziliyaga qarshi 14-o‘yini hisoblanadi. Yaponiya milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga birinchilardan bo‘lib yo‘llanmani qo‘lga kiritgan terma jamoa hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

MTJ Yaponiya Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing