Yaponiya elektron havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarini yaratadi
Olam
−
22 fevral 2023 3296 1 daqiqa
2024 moliya yilidan boshlab, Yaponiya qurolli kuchlarida elektron havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari ishlay boshlaydi. Bu haqda bugun, 22 fevral kuni harbiy manbalarga tayanib, “Sankei Shimbun” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi bo‘linmalar Mitsubishi Electric Corporation tomonidan ishlab chiqilib, yuqori quvvatli mobil qurilmalar bilan jihozlanadi. Ushbu qurilmalar kuchli elektromagnit nurlanish oqimi yordamida dushmanni kuzatib, samolyotlarning radarlarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Natijada radarlar qiruvchi samolyotlarga aniq ma’lumot bera olmaydi, bu esa ularni yo‘q qilishni osonlashtiradi.
Shuningdek, mobil qurilmalar dushman elektron tizimlari ustidan nazorat o‘rnatish, aloqa tizimlarini buzish funksiyasiga ega bo‘ladi. Ular uchuvchisiz transport vositalarini, jumladan, dron va razvedka sharlarini qo‘ndira oladi.
Manbaga ko‘ra, yangi bo‘linmalar birinchi navbatda Sharqiy Xitoy dengizida joylashtirilishi kutilmoqda. Rasmiy Tokio bu yerda, Tayvan oroli atrofida harbiy to‘qnashuvlar bo‘lishi mumin deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya o‘z havo hududiga Xitoyning “josus sharlari” kirganini aytgan edi.
Alibek Beyjanov
Live
Barchasi