Yangi harbiy prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Otabek Akbarovich Xolboyev Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Xolboyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, ilgari harbiy prokuror lavozimini Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev egallagan. Fevral oyida u O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Abduqaxxor Fayzulloyevich Mullajonov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy prokuror

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing