Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi TOP-5 chempionat jamoasiga o‘tadi – manba

Sport

image

“Paxtakor” klubining 22 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Diyor Holmatov Fransiya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaning bildirishicha, Fransiyada o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirayotgan klub ichki chempionatning yuqori o‘rinlari uchun harakat qiladi. Tez orada ushbu klub nomi ommaga ma’lum bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Portugaliya va Turkiya klublari ham Holmatovning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi joriy yilning 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali Holmatovni 600 ming yevroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor” klubining 20 yoshli futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning “Antverpen” klubiga ko‘chib o‘tgani xabar qilingandi. U klub bilan 4 mavsumga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.


Maqola muallifi

Teglar

Diyor Holmatov TOP-5 chempionat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar