Yakkasaroydagi sanoat zonasiga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
02 aprel 2021 7327 1 daqiqa
Bugun, 2 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi sanoat zonasida yong‘in chiqqani haqida xabar va videolar tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, Qushbegi ko‘chasidagi sanoat zonasida yong‘in soat 14:34 da poyabzal ishlab chiqarish sexida boshlangan.

Hodisa joyiga Toshkent FVBning 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Alanga 200 kv metrga yaqin maydonni egallagan.
Yong‘in 40 daqiqaga bormasdan bartaraf etilgan. Tezkor harakatlar natijasida sexning qolgan maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Hodisada hech kim jarohatlanmagan.