Viloyat hokimlariga har oy madaniy tadbir o‘tkazish buyurildi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2023 5703 1 daqiqa
O‘zbekistondagi viloyatlar hokimlariga Madaniyat vazirligi bilan birgalikda har oy yirik madaniy tadbir o‘tkazish sharti qo‘yildi. Bu haqda bugun, 11 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatlarini to‘liq ishga solish hamda "Yashil makon" kuzgi mavsumini samarali tashkil etish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Unda madaniy tadbirlarni ko‘paytirish turistlarni jalb qilishda katta imkoniyat ekani ta’kidlangan. Bunday tadbirlar Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyatlarida ko‘p o‘tkazilayotgani, lekin Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida bu boradagi ishlar qoniqarsiz ekani aytilgan.
Shuningdek, respublikadagi tuman va shaharlarda ko‘p sayilgoh, xiyobon, istirohat bog‘lari, teatr va madaniyat uylari bo‘sh turgani, na turistlarni, na aholini o‘ziga jalb qila olayotgani qayd etilgan.
Hududlar rahbarlariga bu joylarda musiqiy, ko‘ngilochar va ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etib borishga topshiriq berilgan.
Live
Barchasi