Viloyat hokimlari va elchilarga 7 mln xorijiy sayyohlarni jalb qilish vazifasi yuklatildi
Jamiyat
−
29 mart 2023
3355Viloyat hokimlari va elchilar joriy yilda 7 million xorijiy va 15 million ichki sayyohlarni jalb qilish, eksportni 2,5 milliard dollarga yetkazish ustida aniq reja va majburiyat bilan ishlashlari shartligi belgilandi. Bu haqda bugun, 29 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida respublikada turizm salohiyatini jadal rivojlantirish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, turoperator, mehmonxona, transport korxonalari, oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir necha bor uchrashilib, ularning muammolari va takliflari o‘rganilgan.
O‘rganishlarda turistlarni faol jalb qiladigan joylar haqida kontent kam, bori ham qiziqarli emas, sayyohlarni 4-5 kun olib qoladigan turpaketlar yetishmasligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu videoselektor yig‘ilishida yo‘l chiptalarini 3-6 oy oldindan bron qilish, sotib olishda noaniqliklar juda ko‘pligi hamda muzey, teatr, madaniyat maskanlari turizm dasturlari bilan bog‘lanmagani, ularning ishlash vaqti ham sayyohlar talabidan kelib chiqmagani aytib o‘tilgan.
Davlat rahbari soha mutasaddilari shu va boshqa kamchiliklar bilan tizimli ishlamayotganini tanqid qilib, keskin o‘zgarish qilinishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.
LiveBarchasi